CFMOTO mototexnikasi bilan innovatsiya va sifat olamini kashf eting
CFMOTO kompaniyasi haqida
CFMOTO (Si Ef Moto) — bu Xitoyning Zhejiang CFMOTO Power Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan kvadrotsikllar va mototsikllar brendi. 2019-yilda CFMOTO, Xitoydagi eng yirik ATV va UTV eksportchisi sifatida, o‘zining 30 yillik yubileyini nishonladi. Brend bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab 2 000 dan ortiq dilerlik markazlarida keng namoyon qilingan.
Dastlab faqat mototsikllar ishlab chiqargan CFMOTO tez sur’atlar bilan rivojlandi. 10 yildan ortiq vaqt avval esa to‘rt g‘ildirakli texnika — ATV kvadrotsikllar va Side-by-Side moshinalari (moto-yo‘l yuruvchi texnika) savdosini yo‘lga qo‘ydi.
CFMOTO brendining yutuqlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
– Xitoyda birinchi bo‘lib 800 sm³ dvigatelli kvadrotsikllarni ishlab chiqara boshladi
– 650 sm³ dan ortiq dvigatelli mototsikllarni ishlab chiqargan birinchi kompaniya bo‘ldi
30 yillik tarix davomida CFMOTO:
– 35 xil texnika modelini ishlab chiqardi
– 12 ta seriyali dvigatelni ommaviy ishlab chiqardi
– 272 ta texnik yangilik bo‘yicha patentni ro‘yxatdan o‘tkazdi
Bugungi kunda ishlab chiqarish hududi 27 gektarni tashkil etadi va unda 1 500 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi. Shuningdek, kompaniya o‘zining R&D (ilmiy-tadqiqot va dizayn) markaziga ega. CFMOTO — bu yirik, yuqori texnologiyali korxona bo‘lib, sifat nazorati va texnik qo‘llab-quvvatlash tizimiga alohida e’tibor beradi.
Zamonaviy CFMOTO texnikasining xususiyatlari eng talabchan foydalanuvchini ham hayratda qoldiradi.
Yuqori sifatli materiallar, to‘liq robotlashtirilgan montaj liniyalari va ilg‘or ishlab chiqarish tsexlari — bularning barchasi mahsulotlarning ishonchliligi va sifati kafolatidir.
Свяжитесь с нами
Телефон: +99 8 55 500 60 01
Электронная почта: info@bikeland.uz
Все права защищены. Информация об авторских правах, политике конфиденциальности и юридических уведомлениях.